Qoidalar

1.1. Sayt foydalanuvchilari turli xil ko`rinishda haqoratlash (Xoh u jismoniy inson bo`lsin xoh u yuridik inson bo`lsin ularga qo`pollik qilish, tahdid solish, shaxsiy haqoratlashi va ularni sha`niga to`g`ri kelmaydigan fikrlar bildirish shu bilan birga bularni yashirin formada amalga oshirish ham) ta`qiqlanadi. Odob-axloq va xushmuomalalik qoidalariga rioya qiling.

1.2. Blogda muloqot qilish  vaqtida so`kinishli so`zlar hamda izohlardan foydalanish, shu jumladan yashirin (majoziy) ma`noda ham.

1.3. Keragidan ortiqcha xabarlarni  ko`paytirish, spam bilan shug`ullanish.

1.4. Kommertsiya xarakteriga ega xabar hamda reklama mazmunidagi matnlarni yozish.

1.5. Blogdan kommertsiya yo`lida foydalanish.

1.6. Saytga chop etilayotgan maqolalarni foydalanish shartiga zid holda boshqa saytlarga joylash.

1.7. O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo’lgan har qanday xatti-harakat.

Fikr bildirish

1.8. Fikr bildirish jarayonida harflarni sonlar yoki boshqa belgilar bilan ifodalash (o’ – 6, sh – w, ch – 4 va h.k)

1.9. Fikr bildirish jarayonida ism sifatida “Admin” “Administrator” va “Moderator” so’zlaridan foydalanish. Bunday hollarda sayt ma’muriyati foydalanuvchining ismini qayta tahrirlash huquqiga ega.

1.10. Saytda zararli dasturiy ta’minotlarni tarqatishga urinish, muhokama qilish,  zararli dasturiy ta’minotga tegishli bo’lgan giperhavolalarni qoldirish.

1.11. Ma’muriyat foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan savollarga javob bermaslik huquqiga ega.

1.12. Fikr bildirayotgan foydalanuvchi o’z ismini va elektron pochta manzilini to’liq ko’rsatishi shart. Ma’noga ega bo’lmagan ismdan hamda mavjud bo’lmagan elektron pochta manzilidan foydalanish ta’qiqlanadi. Bunday hollarda foydalanuvchining fikri spam deb qayd etiladi.

Foydalanish sharti

1.13. Saytdan materiallar olib chop etilganda «www.uzbegim.zn.uz saytidan olindi» deb giperhavola qo’yilishi  shart.


Iltimos, yuqorida ta’kidlab o’tilgan qoidalarga rioya qiling, o’zgalarning mehnatini qadrlang.